AQShning O‘zbekistondagi yangi elchisi Jonatan Xenik O‘zbekiston tashqi ishlar vaziriga ishonch yorliqlari nusxalarini topshirdi. Vladimir Norov unga yangi lavozimida muvaffaqiyatlar tiladi.
O‘zbekiston TIV rahbari Abdulaziz Kamilov «Italiya — Markaziy Osiyo» shaklidagi ikkinchi vazirlar uchrashuvida jahon hamjamiyatini Afg‘onistonga nisbatan sanksiyalarni bekor qilishga, qolaversa, muzlatilgan xalqaro aktivlarni qaytarish va mamlakat bank tizimini tiklashda ko‘maklashishga chaqirdi.
O‘zbekiston Afg‘onistonda muvaqqat hukumat tuzilganini olqishlaydi, deya ma’lum qildi Tashqi ishlar vazirligi. Vazirlik yangi davlat idoralari bilan «konstruktiv muloqot va amaliy o‘zaro hamkorlikni rivojlantirishga tayyorligini» bildirdi.
O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligi Afg‘onistonning 150 nafar fuqarosi o‘zi xohishi bilan vataniga qaytarilganini ma’lum qildi. O‘zbekiston “Tolibon” rahbariyati vakillari bilan “ushbu toifadagi shaxslarga nisbatan har qanday zo‘ravonlik, tazyiq va ta’qiblarning oldini olish” bo‘yicha kelishib olgan.
TIV Afg‘onistondagi vaziyat bo‘yicha bayonotida, O‘zbekiston «qo‘shni davlatning ichki ishlariga aralashmaslik tamoyillariga sodiqligini» qat’iy bildirdi. Shuningdek, O‘zbekiston tomoni chegara himoyasini ta’minlash va chegara hududida tinchlikni saqlash masalalari bo‘yicha «Tolibon» harakati vakillari bilan yaqin aloqada bo‘lib turganini ma’lum qilindi. Mamlakatning Kobul va Mozori Sharifdagi diplomatik vakolatxonalari odatdagi tartibda ishlamoqda.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkentdagi xalqaro konferensiya dasturi doirasida Rossiya, Hindiston, Qozog‘iston, Turkmaniston, Tojikiston tashqi ishlar vazirlari hamda Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha Oliy vakilini qabul qildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting